AQSh mudofaa vaziri Eshton Kashterning bayonot berishicha, Iroqning Mo‘sul shahrini ozod qilish amaliyotining boshlanishi IShID terrorchi guruhining "davomli mag‘lubiyatining" debochasidir.
"Bu IShID mag‘lubiyatiga qaratilgan kampaniyaning burilish pallasidir", — deyiladi Karter bayonotida.
Uning aytishicha, "AQSh va xalqaro koalitsiya a'zolari Iroq xavfsizlik kuchlari, kurdlarning peshmerga bo‘linmalari va Iroq xalqini oldindagi murakkab kurashda qo‘llab-quvvatlashga tayyor".
Karter shuningdek, "iroqlik hamkorlar umumiy dushman qarshiligini sindirib, Mo‘sul va Iroq xalqini IShIDning vahshiyligidan qutqarishiga" ishonch bildirgan.