22:32 / 17.10.2016
47795

Siz ko‘rmagan va bilmagan 20 ta ekzotik meva

Ona tabiat siz va biz bilmagan mevalarga boydir. Sayyoramizning turli burchaklarida shu qadar g‘aroyib va ekzotik mevalarni uchratish mumkinki, ular haqida hatto eshitmagansiz ham. Ularning ko‘rinishi ham noodatiy. Bu ajoyib mevalarni tatib ko‘rish esa haqiqiy sarguzashtga teng bo‘lishi mumkin. 

1. “Budda qo‘llari”

Ushbu meva Xitoy, Hindiston va Yaponiyada o‘sadi. Uning mazasi nordon-shirin. “Budda qo‘llari”ni ko‘pincha shakarga botirib, konserva qilishadi va ba'zida limon o‘rnida qo‘llashadi. Bu mevani Xitoy ibodatxonalarida omad va uzoq umr ko‘rish ramzi sifatida taklif qilishadi. Yaponiyada esa undan xona va kiyimdan xushbo‘y hid kelib turishi uchun dekorativ element sifatida foydalanishadi. 

2. Durian

Bu Janubiy Osiyo mevasi tashqi ko‘rinishidan tikanli, lekin ichidan yumshoq va shirin. U o‘zining chidab bo‘lmas hidi bilan tanilgan, shu bois u Singapurning ko‘p jamoat joylarida taqiqlangan. 

3. Longan

Uni “ajdarho ko‘zi” deb ham atashadi. Kichik sersuv meva Xitoyda iste'mol qilinadi. U ko‘pincha sho‘rvalar, gazaklar, pishiriqlar hamda nordon-shirin taomlarga qo‘shiladi. Xitoy tibbiyotida longan tinchlantiruvchi xususiyatga ega ekanligi ham ta'kidlanadi.

 

4. Mangostan

Mangostan – yana bir Janubiy Osiyo mevasi. U Malayziya arxipelagida sevimli desert hisoblanadi. Uning mevasi sarxil holida ham yeyilsa-da, ko‘pincha konserva qilinadi.

5. Palmira

Palmirani yoz oylarida Hindiston, Janubi-Sharqiy Osiyo va Malayziyada ko‘rish mumkin. Meva ichida oq urug‘lar mavjud. Hosil yosh paytida uning mevasi yumshoq va jyelesimon bo‘ladi.

6. Lukuma


Ushbu Janbiy Amerika mevasini Peru va Kosta-Rikada sevib iste'mol qilishadi. U ko‘pincha xom holida yeyiladi yoki pishiriqlarga qo‘shiladi. Lukuma kukuni ta'm beruvchi qo‘shimcha sifatida qo‘llanadi. Mevasining o‘zi shirin bo‘lsa-da, ba'zi kishilar uni yoqimsiz deb hisoblashadi, chunki uni iste'mol qilgandan so‘ng og‘izda hammaga ham yoqavermaydigan o‘ziga xos ta'm saqlanib qoladi. 

7. Marang

Marangning tikanli po‘stlog‘i ostida uzum hajmidagi kichik moyaklari bor. Mevani bo‘lgandan keyin bir necha soat davomida uni oxirgacha yeyish lozim, chunki u o‘z mazasini tez yo‘qotadi va nordonlashib qoladi. 

8. Jyekfrut

Osiyoning janubi-sharqiy qismida o‘suvchi eng mashhur mevalardan biri. Jyekfrut sergo‘sht va tolali mevasi bilan mashhur. Uni xom holicha ham, pishiriqlar va o‘tkir taomlarga qo‘shimcha sifatida ham iste'mol qilish mumkin. 

9. Yavan olmasi

Bu tayvan mevasi elastik va qirsillagan bo‘ladi, uni  xom holicha iste'mol qilinadi, shuningdek undan damlama ham tayyorlanadi. 

10. Tamarind

Tamarind Afrikada yetiladi, lekin ko‘p mamlakatlarga eksport qilinadi. Hind va Osiyo oshxonasining turli taomlarida nordon mevalar keng qo‘llaniladi. Tamarinddan tayyorlangan ichimlik Janubiy Amerika mamlakatlarida keng tarqalgan. 

11. Lulo

Naranxillo yoki lulo tashqi ko‘rinishi jihatidan apelsinga, ichidan esa yashil pomidorga o‘xshaydi. Bu meva Kolumbiya va Ekvadorda juda mashhur, uni ko‘pincha “oltin And mevasi” va “Xudolar nektari”, deb atashadi. 

12. Jambolan

Jambolan — bu mashhur meva Hindistonda desert tayyorlashda ishlatiladi. G‘aroyib meva ko‘pincha tuz bilan yeyiladi. Shuningdek undan Ayurveda tibbiyotida ham foydalaniladi. 

13. Aki

Aki mevalari Yamaykada yetishtiriladi. Ularni g‘arq pishgan paytida xomligicha iste'mol qilish mumkin. Shuningdek mashhur karib taomlarida ulardan gazak sifatida foydalaniladi.

14. Non daraxti

Tinch okeani orollarining bu yirik mevasi bo‘laklarga bo‘linadi va sarxil holatida yeyiladi yoki qovurilib, garnir sifatida beriladi. Meva kraxmal tarkibga ega bo‘lib, mazasi yangi yopilgan nonni eslatadi.   

15. Zizifus

Zizifus, yuyub yoki “xitoy xurmosi” turlari Hindiston, Xitoy va butun Osiyo bo‘ylab o‘sadi. Mevalari u qadar yetilmagan paytida uning mazasi nordon-shirin olmani eslatadi.

16. Kanistel

Kanistel ko‘pincha “tuxumli meva” deb ataladi, uning mazasi – shirin. Kanisteldan sutli kokteyllar, muzqaymoq va shirin kremlar tayyorlashda foydalanishadi. 

17. Puxala

Bu g‘aroyib shirin meva Mikroneziyada muhim oziqlanish manbai hisoblanadi. Daraxt yaproqlari shirin taomlarga qo‘shimcha sifatida qo‘llanadi, yog‘ va gullari esa – tibbiy maqsadlarda.

18. Qora sapota

Bu mevani tatib ko‘rgan har bir inson uning mazasi shokoladli pudingga o‘xshashini aytadi, faqat undagi yog‘ miqdori kamroq, biroq S vitamini apelsindagidan 4 karra ko‘p. Tropik meva Meksika, Gvatemala va Kolumbiyada o‘suvchi xurmoning bir turi hisoblanadi.

19. Akebi

Akebi — Yaponiya shimolida o‘suvchi juda chiroyli meva. Mevaning ichidagi go‘shti oppoq rangda bo‘lib, urug‘lari jilovlanuvchi qora rangda. Siyohrang po‘stlog‘i esa sabzavot sifatida iste'mol qilinadi. 

20. Ashiot

Mevaning urug‘i va go‘shtini yeyish mumkin, ularning mazasi muskat yong‘oq ta'mi bo‘lgan qalampirni eslatadi. Ulardan annato (taomga qo‘shiluvchi ozuqaviy bo‘yoq va maxsus ta'm beruvchi) tayyorlash uchun foydalanishadi. 

Suratlar: bigpicture.ru

Top