12:10 / 17.10.2016
9601

Tramp Respublikachilar bosh qarorgohiga kimlar hujum qilganini ma'lum qildi

Foto: Reuters

AQSh prezidentligi uchun Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Tramp Hillari Klinton tarafdorlarini respublikachilarning bosh qarorgohiga hujum qilganlikda aybladi. Tramp partiyaning Shimoliy Karolina shtati Oranj okrugidagi binosiga hujum qilinganiga oid xabarlarga shunday munosabat bildirgan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha respublikachilar partiyasi prezidentlik poygasida oldinda borayotganligi tufayli mazkur jinoyat sodir etilgan. 

«Hillari Klinton va Shimoliy Karolinadagi demokratlarni namoyon etuvchi hayvonlar, hozirgina Oranj okrugidagi qarorgohimizga yonuvchi aralashmali shisha idishlarni uloqtirishgan, chunki biz g‘alaba qozonmoqdamiz», — deb yozgan milliarder Tvitter sahifasida.

Bundan avvalroq, AQSh prezidentligi uchun Demokratlar partiyasi nomzodi Hillari Klinton noma'lum kimsalarning Shimoliy Karolina shtatida respublikachilar qarorgohiga hujum qilganini qoralagan edi. 

Top