17:10 / 18.10.2016
7768

Abdulaziz Komilov Mavlud Chovusho‘g‘li bilan uchrashuv o‘tkazdi

2016 yilning 18 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi ishida qatnashish uchun Toshkent shahriga kelgan Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li bilan uchrashdi.

TIV saytida ma'lum qilinishicha, muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Turkiya munosabatlarining hozirgi holati va ularni izchil rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi hamda IHT TIVK 43-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy muammolar, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda Turkiya Elchisi Namik Guner Erpul ishtirok etdi.

Top