23:51 / 18.10.2016
5861

Bryusselda qurollangan erkak 15 kishini garovga oldi

Foto: AP

Bryusselda Carrefour supermarketida noma'lum qurollangan erkak 15 kishini garovga oldi, deb xabar bermoqda RTL.

Bu ma'lumot politsiya tomonidan tasdiqlangan.

Ma'lum qilinishicha, ayni vaqtda politsiyachilar voqea joyiga chiqishgan, garovda ushlab turilganlarning ahvoli noma'lum. Guvohlarning aytishicha, erkak hech nima talab qilmagan, biroq "qamoqqa borishni istamayotganini" baqirib aytgan. 

 

Top