11:17 / 18.10.2016
7906

Dubayda birinchi robot-politsiyachi ish boshlaydi

Foto: arabianbusiness.com

Dubay politsiyasi 2017 yilda birinchi robot-politsiyachi o‘z ishini boshlashi haqida e'lon qildi. Bu haqida amirlik shahrining Dubai Media Office matbuot markazi xabar berdi

Hozircha bu borada batafsil ma'lumot berilmadi. 

Bundan avval Dubay politsiyasi 4 yil ichida robot xodimlarini ishga tushirishi to‘g‘risida aytilgandi. O‘shanda huquqni muhofaza qilish organlari vakillari robotlarning "muayyan vaziyatlarda" oddiy politsiyachi kabi xizmat ko‘rsata olishi mumkinligini ta'kidlashgandi. 

O‘tgan yili Dubay politsiyasi boshqa xay-tek texnologiyasi - Google Glass'ni ishga tushirgandi. Uning yordamida patrul politsiyachilar ro‘yxatdan o‘tkazilgan raqamlar bo‘yicha yo‘llardagi qoidabuzarlarni osonlikcha aniqlashlari mumkin. 

Top