Pentagon vakillari Iroq armiyasi Mo‘sulni IShID jangarilaridan ozod qilish operatsiyasini muvaffaqiyatli bajarayotganini aytdilar, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Ma'lum qilinishicha, shturm belgilangan jadvaldan o‘zgan holda amalga oshirilmoqda.
Pentagon vakili Piter Kukning aytishicha, AQSh Mo‘sulni ozod qilishda "maslahatchi rolini bajarmoqda".
Eslatib o‘tamiz, Iroq armiyasi va kurd qurollangan tuzilmalari AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya ko‘magida 17 oktabrda Mo‘sulni jangarilardan ozod qilish operatsiyasini boshlashdi.