13:16 / 18.10.2016
7102

Poroshenko rasmiy tashrif bilan Norvegiyaga yetib keldi

Foto: Twitter/APUkraine

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko ilk rasmiy tashrif bilan Norvegiya davlatiga yetib keldi, deya xabar qilmoqda Poroshenko rasmiy saytida. 

Qayd etilishicha, tashrif dasturida Poroshenkoning mamlakat bosh vaziri, Norvegiya parlamenti spikeri bilan uchrashuvlar hamda Norvegiya qiroli qabulida bo‘lishi rejalashtirilgan.  

«Ukraina prezidenti va Norvegiya bosh vaziri ishtirokida ukrain-norveg biznes-forumi bo‘lib o‘tadi», — deyiladi xabarda. 

Shuningdek, tashrif davomida Ukraina va Norvegiya munosabatlarini chuqurlashtirishga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi kutilmoqda. 
 

Top