18:11 / 18.10.2016
8678

Tog‘li Qorabog‘ muxtor respublikaga aylanishi mumkin

Foto: RIA

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida Tog‘li Qorabog‘ning muxtor respublika maqomiga ega bo‘lish imkoniyatini rad etmadi

«Ozarboyjon hududiy yaxlitligi masalalari bo‘yicha kelishuv haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Ammo, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish, Tog‘li Qorabog‘ning o‘zini boshqaruvi borasida kelishsa bo‘ladi. Kelgusida, biz shartlarni kelishib olsak, u muxtor respublika bo‘lishi mumkin», — degan Aliyev shu xususda berilgan savolni izohlar ekan. 

Mavzuga oid
Top