08:03 / 18.10.2016
7481

Tramp inauguratsiyasigacha Putin bilan uchrashish istagini bildirdi

Foto: © AP

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp agar u prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘lsa, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan inauguratsiyasigacha uchrashish istagini bildirdi. AQShning yangi prezidenti inauguratsiyasi 2017 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tadi.

Tramp radioboshlovchi Maykl Sevijga bergan intervyusida u Vashington bilan Moskva o‘rtasidagi qurolli ixtilofning oldini qanday olgan bo‘lishi haqidagi savolga shunday javob berdi. Intervyudan parchalarni Politico nashri chop etdi.

"Agar men 8 noyabrda yutsam, unda yangi lavozimda ishni boshlagunimcha Putin bilan uchrashishni istardim. Fikrimcha, bu ajoyib bo‘lardi", deb milliarderning so‘zlarini keltirib o‘tdi nashr. 

Nashrning ta'kidlashicha, "Tramp tafsilotlarga berilmay, muammo qisman AQShning hozirgi ma'muriyati Putinga nisbatan juda hurmatsizlik qilayotganidan iboratligini" ta'kidlab o‘tdi.  

 

Top