08:31 / 18.10.2016
10136

Ukraina Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish borasida so‘nggi qarorni qabul qildi

Foto: Ukraina prezidenti rasmiy sayti

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiyaning yuridik va jismoniy shaxslariga nisbatan sanksiyalar muddatini uzaytirdi. Bundan tashqari, sanksiya ro‘yxati kengaytirilgan, deyiladi davlat rahbari saytida e'lon qilingan farmonda. 

Shu bilan, Poroshenko Ukraina mudofaa va milliy xavfsizlik kengashi tomonidan qabul qilingan qarorni tasdiqlagan. Bundan tashqari, Kengash matbuot xizmatida ma'lum qilishlaricha, rasmiy Kiyev Davlat dumasining Qrimdan saylangan deputatlariga qo‘shimcha sanksiyalar joriy qilishni rejalashtirgan. 

Mavzuga oid
Top