WikiLeaks AQSh prezidentligi uchun Demokratik partiya nomzodi Hillari Klinton saylovoldi shtabi rahbari Jon Podestaning maxfiy elektron maktublarini e'lon qilishda davom etmoqda. Sayt maktublarning o‘ninchi qismini oshkor qilgan.
Uning birinchi qismi 8 oktabrda saytga joylashtirilgan edi.
WikiLeaks asoschisi Julian Assanj shu oyning boshlarida AQShdagi saylovlar va uchta mamlakat hukumatlariga oid "ahamiyatli ma'lumotlar"ni oshkor qilishini aytgandi.