18:58 / 19.10.2016
8284

«Atletiko» «Rostov»ga qarshi safar o‘yini uchun olingan chiptalarning barchasini qaytarib yubordi

«Atletiko» klubi Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-turida «Rostov» klubiga qarshi kechadigan o‘yin uchun ajratilgan chiptalardan birortasini sota olmadi.

«Atletiko» klubi oldindan buyurtma berib, «Olimp-2» stadionida «Rostov» klubiga qarshi kechadigan o‘yin uchun chiptalarni olib qo‘ygan edi. Ammo ularga xaridor topilmadi va chiptalar «Rostov» klubiga qaytarildi.

«Madridlik muxlislar baribir Rostov shahriga kelishadi, ammo shu yerning o‘zida chiptani xarid qilib, raqib jamoa muxlislari uchun ajratilgan sektorda emas, balki rossiyalik muxlislar bilan aralash holda o‘tirishadi», deya xabar berilgan klub saytida.

Rostov-Dondagi bu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi. D guruhida ayni vaqtda madridliklar 2 turda 2ta g‘alaba qayd qilgan holda peshqadam bo‘lib turibdi. Rostovliklar esa faqat 1 ochkoga ega va jamoa oxirgi o‘rinda.

Manba: Tribuna.uz

Mavzuga oid
Top