20:09 / 19.10.2016
5136

Kobulda noma'lum kimsa NATO harbiylariga o‘t ochdi

Afg‘oniston poytaxti Kobulda afg‘on armiyasi kiyimida bo‘lgan noma'lum kimsa xalqaro koalitsiya harbiylariga o‘t ochdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

NATO boshchiligidagi koalitsiya Afg‘onistonda 2014 yil 31 dekabrda harbiy missiyasini tugatgan. 2015 yil 1 yanvardan NATO Afg‘onistonda tarkibida 12 ming harbiy bo‘lgan noharbiy operatsiyani boshlagan, uning vazifalariga afg‘on kuch tuzilmalarini o‘rgatish va maslahat berish kiradi.  

Afg‘onistondagi vaziyat oxirgi oylarda ancha yomonlashgan. "Tolibon" radikal guruhi yirik shaharlarga bostirishni boshlagan. Shuningdek, Afg‘oniston hududida IShID ta'siri kuchaygan. 

 

Mavzuga oid
Top