07:45 / 19.10.2016
16437

Obama Rossiya armiyasi faqatgina AQSh armiyasidan ortda qolishini aytdi

Foto: © AFP

AQSh prezidenti Barak Obama Rossiya katta va ahamiyatli davlat ekanini, uning armiyasi esa faqatgina AQShnikidan ortda qolishini aytdi.

Obama bu haqda Italiya bosh vaziri Matteo Rentsi bilan birgalikda bergan matbuot-anjumanida aytdi, deb ma'lum qilmoqda Fox News.

Obama nutqi davomida Rossiya xalqaro muammolarni yechishning bir qismi bo‘lishi kerakligini ta'kidlab o‘tdi. 

Avvalroq AQSh prezidenti va Italiya bosh vaziri Rossiyaga qarshi sanksiyalar saqlanib qolish tarafdori ekanliklari ma'lum qilingandi.  

 

Top