09:41 / 19.10.2016
9947

Putin va Erdo‘g‘an Mo‘sulni ozod qilish amaliyotini muhokama qilishdi

Foto: © AFP

Rossiya prezidenti Vladimir Putin turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan o‘tkazgan telefon orqali muloqotida Iroqning Mo‘sul shahrini ozod etish amaliyotini muhokama etgan. Bu haqda RIA «Novosti» agentligi xabar qilmoqda.

Putin, xususan, Suriyaning «haqiqiy» muxolifatini «Jabhat an-Nusra» guruhi jangarilaridan ajratish muhimligini ta'kidlagan. 

Tomonlar, shuningdek, Suriya inqirozini hal etishga oid fikrlar bilan o‘rtoqlashib, siyosiy, savdo-iqtisodiy va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni muhokama etishgan. 

 

Top