20:02 / 19.10.2016
9804

Rossiya elchisi izoh berish uchun Belgiya TIVga chaqirtirildi

Foto: AFP

Belgiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Bryusseldagi elchisini ruslar belgiyaliklarni Halabda tinch aholi vakillarini bombardimon qilishda ayblagani bo‘yicha chaqirtirdi.

«Rossiyaning Belgiyadagi elchisi Aleksandr Tokovinin Tashqi ishlar vazirligiga Rossiya tomoni Halabdagi aviazarbalar bo‘yicha bergan bayonotiga tushuntirish so‘rab chaqirtirildi», — deya Belgiya TIV rahbari Dide Reyndersning so‘zlarini keltirgan  La Libre nashri.

Bundan oldinroq, Belgiya Mudofaa vaziri Stiven Vandeput mamlakat Harbiy havo kuchlari samolyotlari Halabda tinch aholi vakillarini bombardimon qilgani aytilgan bayonotni inkor qilib chiqqandi.

18 oktabr kuni kechqurun Rossiya Mudofaa vazirligi Suriyadagi ziddiyatli tomonlarni yarashtirish bo‘yicha Rossiya markazi bayonnomasiga asoslanib Xaasajyek qishlog‘ida Belgiyaning F-16 samolyotlari bergan zarba oqibatida olti kishi halok bo‘lib, to‘rt kishi jarohatlangani haqida xabar tarqatgandi.

Mavzu
Suriyadagi urush
Suriyada 2011 yilda boshlangan fuqarolar urushi mamlakatni bir necha qismlarga bo‘lib tashlagan. Suriya hukumati, IShID, kurdlar va boshqa turli jangari guruhlar o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar hamon davom etmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top