11:19 / 19.10.2016
9316

Jasur Abduraimov: «Keyingi bosqichda kim raqib bo‘lishining farqi yo‘q»

Foto: O‘FF

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Jasur Abduraimov Avstraliya yoshlar terma jamoasiga qarshi o‘yindan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida o‘z shogirdlarining xarakter ko‘rsatgan holda g‘alabaga erishganini e'tirof etdi. Murabbiy buning uchun futbolchilarga rahmat aytib o‘tgan.

“Bugun juda qiyin raqibga qarshi o‘yinda muhim g‘alabaga erishdik. O‘yinning ilk daqiqalaridan, to so‘nggi daqiqalargacha maydonda qattiq kurash kechdi. Ikkinchi bo‘limda juda qiyin vaziyatlarda jamoa ajoyib o‘yin namoyish etdi. So‘nggi daqiqalargacha kurashgan va o‘z xarakterini namoyish etgan futbolchilar bilan faxrlanaman. Bugungi o‘yindagi jasurlik va matonat uchun ularga rahmat”, - dedi O‘zbekiston U-19 terma jamoasi ustozi.

“Keyingi o‘yinga ertadan tayyorgarlikni boshlaymiz. Keyingi o‘yinda kimlar maydonga tushishini ayta olmayman. O‘yinga yaqin tarkibni aniqlaymiz. Ammo, aniq aytishim mumkinki, Xitoyga qarshi o‘yinda maydonga tushadigan futbolchilarning barchasi faqat g‘alaba uchun o‘ynashadi.

Biz raqib tanlamaymiz. Avval ham aytganimdek, o‘zimizning o‘yinlarimiz haqida ko‘proq o‘ylaymiz. Maqsadimiz o‘yindan o‘yinga yaxshiroq va kuchliroq o‘yin namoyish etish. Pley-offda kim bilan o‘ynashning ahamiyati yo‘q. Har qanday raqibga qarshi o‘ynay olish kerak. Raqib tanlash yaxshi emas. Bu noto‘g‘ri va salbiy oqibatlarga olib keladigan fikr”, deya qo‘shimcha qilgan u.

O‘z navbatida Avstraliya termasi murabbiyi Ufuk Talay ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan.

“Bugun o‘yinimiz qovushmadi va xatolarimiz tufayli imkoniyatni boy berdik. O‘zbekiston himoyada yaxshi o‘yin namoyish qilishini va bizga bugun gol urish oson bo‘lmasligini bilar edik. Xatolarimiz ustida ishlaymiz va navbatdagi o‘yinda ularni takrorlamaslikka harakat qilamiz”, degan u.

Mavzuga oid
Top