08:16 / 20.10.2016
9525

Qurollanmagan jangarilar va yaralanganlar Halabni tark eta boshlashdi

Foto: RusNext.ru

Qurolsiz jangarilar va yaralangan tinch aholi vakillari Suriyaning Halab shahri sharqiy tumanlarini tark eta boshladi, deb xabar qilgan RIA «Novosti» agentligi.

«Qurolsiz jangarilar, yaralanganlar, bemorlar va keksalardan iborat guruhlar Halabning sharqiy hududlaridan shimoliy tumanlariga maxsus gumanitar yo‘laklar orqali chiqa boshladi. Bu yo‘lak Suriya armiyasi tomonidan Rossiya bilan kelishilgan holda barpo etildi», — deyiladi xabarda. 

Avvalroq, Suriya TIV Halabda tinch aholi vakillarini evakuatsiya qilish uchun barcha sharoitlar yaratilgani haqida ma'lum qilgan edi. 

Shu maqsadda, Suriya armiyasining jangovar bo‘linmalari kelishilgan masofaga chekinishgan. 

 

Mavzuga oid
Top