14:45 / 20.10.2016
5471

Olimlar Schiaparelli apparatidan kelayotgan signal qachon to‘xtaganini ma'lum qilishdi

Foto: ESA

«EkzoMars» missiyasi parvoziga rahbarlik qiluvchi Andrea Akkomatstsoning bayonot berishicha, olimlar Schiaparelli zondining signalini va Mars yuzasida harakatlanayotgan uskunalar olayotgan tavsirlar va suratlarni kutishadi. 

«Bu «Bigl» yoki «Fila» fazo kemalarini izlash bilan barobar, chunki bizning qurilmamiz ham juda kichkina», — degan olim Darmshtadtda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida. Shu bilan u Mars va Churyumov-Gerasimenko kometasiga zondlarni tushirishdagi muvaffaqiyatsizliklarni yodga olgan. 

Andrea Akkomatstsoning aniqlik kiritishicha, uskunadan olinayotgan signal, uning Mars yuzasiga qo‘nishidan 50 soniya avval kelmay qolgan. ExoMars missiyasining Schiaparelli zondi kuni kecha kechqurun Mars sayyorasiga qo‘ngani xabar qilingan edi. Biroq, uning holati hozircha hech narsa ma'lum emas. Chunki, hind teleskopi sayyoraga qo‘nayotgan uskunadan kuchli shovqinli signalni qabul qilgach, aloqa uzilgan. Mavjud ma'lumotlarni qayta ishlash uning taqdiriga oydinlik kiritmagan. 

Mavzuga oid
Top