21:14 / 20.10.2016
8199

Samsung YouTube'ni portlayotgan Galaxy Note 7 smartfonlari tasvirlangan rolikni o‘chirishga majbur qildi

YouTube videoxostingi ma'muriyati GTA V modifikatsiyasi tasvirlangan rolikni o‘chirib tashladi, unda S4 portlovchi moddasi o‘rniga Samsung Galaxy Note 7 smartfonlari qo‘llaniladi. Bu haqida The Verge ma'lum qildi. 

Manbaga ko‘ra, video yaratuvchilari kompaniyaning mualliflik huquqini buzganligi tufayli Koreya korporatsiyasi Modded Games deb nomlangan YouTube-kanalidagi videotasvirning o‘chirilishiga muvaffaq bo‘lgan.999663

Videoda o‘yin personajlaridan biri bo‘lgan Maykl qurol-yarog‘ do‘koniga kiradi va bu yerda smartfonlarni xarid qiladi. Shundan so‘ng ularni harakatlanayotgan avtomobillarga hamda voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilarga ota boshlaydi. Gadjyetlar ketma-ket portlaydi.

Mazkur video taqdim qilingan vaqtdan boshlab (1 oktabr) u 1,2 million marta ko‘rilgan hamda 6 mingdan ziyod "layk"ka ega bo‘lgan. Qayta yuklangan roliklar va uning nusxalari o‘chirilmagan, ularni muammosiz topish mumkin. 

Samsung Electronics kompaniyasi 10 oktabr kuni o‘z hamkorlariga Galaxy Note 7 sotuvlarini to‘xtatishni so‘rab murojaat qilgandi. Bunga yangi partiyadagi qurilmalarning o‘z-o‘zidan yonish holatlari haqidagi ma'lumotlarning paydo bo‘lishi sabab bo‘lgan. Keyinroq korporatsiya mazkur gadjyetlarni ishlab chiqarishni butkul to‘xtatdi. 

Mavzuga oid
Top