17:06 / 20.10.2016
4317

Savdo-sanoat palatasida Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Foto: Uzbekembassy.in

2016 yil 17 oktabrda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Shanxay qishloq xo‘jaligini rivojlantirish munitsipal qo‘mitasi direktori muovini V. Guchjon rahbarligidagi Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekistondagi fermer xo‘jaligi hamda qishloq xo‘jaligi tarmog‘idagi kompaniya vakillari ham ishtirok etishdi.

Tadbir davomida tomonlar chorvachilik, baliqchilik, meva-sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlarini qayta ishlash tarmog‘ida band bo‘lgan xitoylik va o‘zbekistonlik korxonalar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qilishdi, hamda yuqori texnologiyalar asosidagi issiqxonalarni yaratish bo‘yicha tajriba almashishdi.
 

Top