13:11 / 20.10.2016
46211

Toshkent shahrida "Captiva" avtomobili yonib ketdi

Foto: Facebook/Voditeli Tashkenta

Toshkent shahrining Mirobod tumanida seshanba kuni taxminan tungi soat 2:00 atrofida "Captiva" avtomobili yonib ketdi.

Mirobod bozori yaqinidagi turar joy hududida yonayotgan "Captiva" suratlari va videolari ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqaldi.

Ma'lum bo‘lishicha, avtomobil ko‘p qavatli uydagi xonadonlarning birida yashovchi ayolga tegishli bo‘lgan.

Foto: Facebook/Voditeli Tashkenta

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, avtomobil ichki tomonidan yona boshlagan, olov ichkaridan tashqariga chiqqan. O‘t o‘chirish va YHXB xodimlari voqea sodir bo‘lgan joyga 10 daqiqa ichida yetib kelishi tufayli olovni tezda o‘chirishga hamda yaqin atrofdagi mashinalarni xavfsiz masofaga ko‘chirishga muvaffaq bo‘lingan.

Foto: Facebook/Voditeli Tashkenta

Avtomobilning yonib ketish sabablari turlicha talqin qilinmoqda - kimdir avtomobilning elektr tarmog‘idagi nosozliklar desa, yana kimdir buning qasddan amalga oshirilganini ta'kidlamoqda.

Top