14:35 / 20.10.2016
6655

Turkiya 200 nafar kurd jangarisi o‘ldirilgani haqida ma'lum qildi

Foto: Reuters

Turkiya aviatsiyasi tomonidan berilgan zarbalar oqibatida 200 nafar kurd jangarisi yo‘q qilingan. Bu haqda 20 oktabr kuni mamlakat mudofaa vazirligi ma'lumotiga asoslanib, Reuters xabar bermoqda.

19 oktabr kuni kechqurun Turkiya HHK Suriya shimolidagi kurdlarning 18ta obektiga zarba yo‘lladi. Aniqlik kiritilishicha, aviazarbalar natijasida kurd jangarilari tasarrufida bo‘lgan to‘qqiz bino, bitta zirhli transporter va to‘rtta avtomobil yo‘q qilingan.

Ma'lumot uchun, Turkiya 24 avgustdan buyon “Frot qalqoni” operatsiyasini olib bormoqda. Suriya bilan chegardosh hududda Turkiya armiyasi, jumladan, tank va artilleriya bo‘limlari, shuningdek, maxsus qo‘shin ham harakatlanmoqda.

Top