16:17 / 20.10.2016
14685

Jangarilar Halabni tark etmoqchi bo‘lgan tinch aholi vakillarini o‘qqa tutdi

Foto: © RIA Novosti

Halabning Bo‘ston-al-Kasr tumanida “Jabhat Fath ash Shom” (sobiq “Jabhat an Nusra”) va “Ahror ash Shom” jangarilari minamyotlar va o‘qotar qurollar yordamida gumanitar yo‘lakka hujum qildi. Bu haqda 20 oktabr kuni Al Mayadeen telekanali xabar berdi.

Ekstremistlar tinch aholi vakillari va jangarilarga shaharni tark etishlariga imkon berishmayapti.

TASS agentligi bergan ma'lumotga ko‘ra, Suriya armiyasi harbiy xizmatchilari bunga hech qanday javob qaytarishmayapti va o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga qat'iy amal qilishmoqda.

Ko‘plab aholi va qurolsiz jangarilar tunning o‘zidayoq Halabni tark etishni boshlagan edi. Ular orasida bemor va yaradorlar bor. Ularga yordam ko‘rsatilmoqda va ularni Qizil Yarimoy jamiyati vaqtincha joylashgan manzilga eltishmoqda.

Mavzu
Suriyadagi urush
Suriyada 2011 yilda boshlangan fuqarolar urushi mamlakatni bir necha qismlarga bo‘lib tashlagan. Suriya hukumati, IShID, kurdlar va boshqa turli jangari guruhlar o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar hamon davom etmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top