09:46 / 21.10.2016
13681

2016 yilning 9 oyida O‘zbekistonda inflyatsiya 2,2 foizni tashkil etdi

Foto: Rosbalt.ru

2016 yilning birinchi 9 oyi yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 2,2 foizni tashkil etdi. Bu haqda Iqtisodiyot vazirligi hamda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida keltirilgan.

Bundan oldinroq, yanvar-sentabr oylarida 2015 yilning xuddi shu davriga nisbatan O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti hajmi 7,8 foiz, sanoat o‘sishi 7,2 foizni, qurilish ishlari hajmi o‘sishi 15 foizni, chakana savdo aylanmasi o‘sishi 14,2 foizni, xizmatlar ko‘rsatish hajmi o‘sishi 12,4 foizni tashkil etgani xabar qilingandi. O‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi — 9,4 foizga, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar — 11,2 foizga o‘sgan.

"Yuqori iqtisodiy o‘sish sur'atlariga tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi, davlat byudjyetining yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz profitsiti va 2,2 foizni tashkil qilgan inflyatsiya darajasining pastligini ifoda etgan makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash orqali erishildi", deyiladi hisobotda.

Top