09:15 / 21.10.2016
17147

Yaqin kunlarda Toshkentda yangi Stroy Center - uy qurilishi va jihozlash uchun zarur mahsulotlar gipermarketi ish boshlaydi

Toshkent shahrida yana bir yirik va zamonaviy gipermarket ish boshlaydi. U faqatgina uy qurilishi va jihozlash uchun barcha mahsulotlarni bir joydan xarid qilish imkoniyatini berishi bilan boshqalardan farqlanadi.

Endilikda aholi vaqt va pullarini sarflab, shahardan uzoqdagi qurilish bozorlariga borishlariga to‘g‘ri kelmaydi.

Stroy Center gipermarketi jami 5 qavatdan iborat, biroq yerto‘la (podval)da ham mahsulotlar sotuvi yo‘lga qo‘yilgan. Xarid vaqtini qisqartirish va sotuvlar sonini oshirish uchun gipermarketda xalqaro tajriba — sigmentlash, yopiq savdo komplekslarini tashkil etishdan foydalanilgan. Ya'ni, barcha mahsulotlar guruh va qavatlarga ajratilgan. Aynan quyidagicha:

Yerto‘la (podval): Bo‘yoq mahsulotlari, metall, plastik quvurlar, mix va samorezlar, gipsokarton;

1-qavat: Kafel, yuvinish xonasi jihozlari, isitish tizimlari, generatorlar;

2-qavat: Eshiklar, shift va devorlar plastik qoplamalar, MDF panellar, pol qoplamalari, qulflar;

3-qavat: Qandil (lyustra)lar va elektrotexnika;

4-qavat: Gulqog‘oz (oboy), jalyuzi, deraza oynalari, dekorativ bezak materiallari;

5-qavat: Xo‘jalik va orgtexnika, oshxona va mebellar.

Savdo majmuasidagi do‘konlar tartib bilan joylashtirilgani sabab, bir mahsulotni turli joydan izlashga to‘g‘ri kelmaydi. Bu esa vaqtni tejaydi.

Shuningdek, bino hududida ikkita lift, 8 ta eskalator faoliyat ko‘rsatmoqda. Birinchi qavatda bank, beshinchi qavatda esa nonushta, tushlik va kechki ovqat ham tayyorlanadigan umumiy ovqatlanish hududi mavjud. 

Majmua atrofida faqatgina xaridorlar uchun avtoturargoh barpo etilgan. Do‘kon xodimlari esa alohida, yo‘lning boshqa tarafidagi avtoturargohdan foydalanishadi. Bu bilan xaridorlarga katta qulaylik yaratiladi. 

Bozorlar 18:00da yopilayotgan bir paytda, gipermarket dam olish kunlarisiz, soat 23:00gacha faoliyat ko‘rsatadi. Loyiha tashkilotchilari bu imkoniyat xaridorlar uchun hal qiluvchi sabab deb 
ishonishmoqda.

Manzil: Yunusobod tumani, Amir Temur va Yangi shahar ko‘chalari kesishgan joy;
Mo‘ljal: MegaPlanet savdo majmuasi;
Ish vaqti: Har kuni, 09:00dan 23:00gacha.

Savdo majmuasining ochilish marosimi sabab, do‘konlarni ijaraga olish uchun chegirma ham berilmoqda!

Do‘konning 1 metr kvadratini oyiga 75 ming so‘mdan ijaraga olishingiz mumkin. Bu esa odatiy narhdan 45 foiz arzon.

Hududi 25dan 80 metr kvadratgacha bo‘lgan do‘konlarning bari telefon liniyasi va yuqori tezlikli internetga ega (bu esa terminal o‘rnatish va ishlatish uchun juda qulay), har biri konditsioner va ventilyatsiya tizimi bilan jihozlangan.

Bundan tashqari yana bir qulaylik — yerto‘la (podval)ga yuk mashinasi kira oladi va lift bilan mahsulotlarni yuqori qavatlarga ham olib chiqish mumkin. Bino hududiga yuk mashinasining kira olishi esa xaridorlarning mahsulotlarini ham osongina olib chiqib ketishda yordam beradi.

Do‘konlar to‘liq qurib bitkazilgan. Shunchaki kelish va ish boshlash qolgan.

Ma'lumot uchun telefonlar:

+998(71) 207-66-66
+998(99) 826-00-36
+998(99) 826-00-56
+998(99) 825-00-26

Reklama huquqi asosida

Top