16:32 / 21.10.2016
4479

Yaponiya g‘arbidagi zilzila tufayli jabrlanganlar borligi ma'lum qilindi

Yaponiya g‘arbida 21 oktabr kuni ro‘y bergan 6,6 magnitudali zilzila vaqtida kamida 6 kishi jabrlangan. Bu haqda “Kiodo” agentligi xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, bir kishi og‘ir yarador bo‘lgan, yana 5 kishi esa yengil jarohatlangan.

Zilzila Tottori prefekturasida yuz berdi. Uning o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashgani qayd etildi. Epimarkaz prefektura o‘rta qismida joylashgan. Yaponiya shkalasi bo‘yicha eng yuqori yetti balli tizimga ko‘ra, mazkur yer qimirlashi 6 ballni tashkil etgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, qimirlash shu darajada kuchli bo‘lganki, hatto oyoqlarda turish qiyinlashgan. Yer osti silkinishlarini Yaponiyaning 47 prefekturasidan 31tasida sezishgan. Zilziladan so‘ng qaytalanishlar kuzatilmoqda. Meteorologlarning bahosicha, bu bir haftacha davom etadi.

Mavzuga oid
Top