19:14 / 21.10.2016
8389

«Barselona» Neymar bilan shartnomani uzaytirdi

Foto: twitter.com/@FCBarcelona

«Barselona» braziliyalik hujumchisi Neymar bilan shartnoma uzaytirilgani haqida rasman ma'lum qildi.

24 yoshli futbolchi bilan kataloniyaliklar klubining yangi shartnomasi 2021 yilga qadar mo‘ljallangan.

«Barselona»ga kelganidan keyingi faoliyati davomida Neymar jamoa uchun 149 uchrashuv o‘tkazib, 90 gol urdi hamda 9 sovrin yutdi: Ispaniya chempionligi (2 marta), Qirol Kubogi (2 marta), Chempionlar ligasi, UYeFA Superkubogi, Ispaniya Superkubogi (2 martadan) va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati.

Top