15:17 / 21.10.2016
6037

Klopp: «Mourino nima deyayotgani bilan ishim yo‘q»

«Liverpul» jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp «Manchester Yunayted» jamoasiga qarshi o‘yindan keyin matbuotda bu o‘yin haqida bir necha marta chiqish qilgan raqiblar bosh murabbiyi Joze Mourinoning so‘zlariga e'tibor qaratmaslikka qaror qildi.

«Bu men uchun sira qiziq emas. O‘yin tugab bo‘lganiga shuncha vaqt o‘tdi, uni buncha uzoq muhokama qilish nega kerak? Meni o‘yindan keyin bildirilgan fikrlar tashvishga solmaydi.

Bunday gaplarga zarracha qiziqmayman, meni bu umuman xavotirga solmaydi. O‘yindan keyin o‘yinni yutishga harakat qilish — befoyda. Men buni faoliyatim avvalidayoq anglab bo‘lganman. Biz ochko ishladik, bu yaxshi – o‘yindan oldingi ochkolarimiz oshdi.

Ha, biz ideal darajada o‘ynay olmadik, ammo bu yaxshi saboq bo‘ldi ham, bor gap shu», — degan Klopp.

Bundan oldinroq, Mourino jurnalistlarni o‘yinda 65 foiz holatda to‘pga ega bo‘la turib, atigi 2 marta darvoza tomon zarba bera olgan «Liverpul»ni tanqid qilishga chaqirgandi.

Mourino: «Liverpul»ga qarshi o‘yinda darvozabonimiz kurortda dam olgandek bo‘ldi

Top