16:59 / 21.10.2016
7086

«Marsel» futbolchilari mashg‘ulot vaqtida mushtlashib ketdi

Foto: L'Equipe

«Marsel»ning kecha iste'foga chiqarilgan Frank Passi rahbarligidagi so‘nggi mashg‘uloti vaqtida ikki futbolchi - Buna Sarr va Zinedin Mashash mushtlashib ketgan. Bu haqda L'Equipe xabar berdi.

Mashg‘ulot 20 oktabr kuni o‘tkazilgandi. Avvaliga futbolchilar bir-birlarini so‘z bilan “savalashgan”. So‘ngra mushtlar ishga tushgan. Qolganlar darhol Sarr va Mashashni ajratib qo‘yishgan.

Futbolchilar mashg‘ulot vaqtidayoq jamoa bosh murabbiyi Passi 2015 yilning 9 avgustidan beri ishlayotgan o‘z lavozimidan ketayotganini bilishgan edi. Payshanba kechqurun esa jamoa rahbariyati Rudi Garsiya bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.

Fransiya chempionatining to‘qqizinchi turidan so‘ng «Marsel» hisobida 12 ochko bo‘lib, jamoa chempionatda 12-o‘rinni band etgan.

17 oktabr kuni amerikalik biznesmen Frenk Makkort «Marsel»ni Margarita Lui-Dreyfusdan sotib olish bo‘yicha jarayonni yakunlagandi. Kelishuvning moliyaviy jihatlari oshkor etilmagan.

Manba: Tribuna.uz

Mavzuga oid
Top