16:38 / 22.10.2016
5113

Germaniya hukumati Mo‘sul qochqinlariga moliyaviy yordam ajratdi

Foto: aljoumhouria

Germaniya hukumati Iroqning Mo‘sul shahridagi o‘z uylarini tark etgan qochqinlarga shoshilich ravishda 34 million yevro miqdorida mablag‘ ajaratadi. Bu haqda GFR iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vaziri Gerd Myuller Germaniyaning Neue Osnabrücker Zeitung nashriga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

«Bu mablag‘ hisobidan Iroq shimolidagi texnik yordam ko‘rsatish markazlari moliyalashtiriladi. U yerdan gumanitar yuklarni tarqatish amalga oshiriladi. Shuningdek, biz qochqinlarni joylashtirish va tibbiy xizmat ko‘rsatishga ham yordam beramiz», — degan Myuller.

BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, Mo‘sulni tark etgan qochqinlar soni 1 mln kishiga yetishi mumkin. 

Mavzuga oid
Top