14:05 / 22.10.2016
10326

OAV: Joli va Pitt to‘ylari bo‘lgan saroyni sotmoqda

Hollivud aktyorlari Anjyelina Joli va Bred Pitt o‘zlarining to‘ylari bo‘lib o‘tgan Miraval saroyini sotuvga qo‘ydi. Bu haqda, US Magazine nashri o‘z manbalariga tayangan holda xabar qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, 19 sentabrda Joli Pitt bilan ajralishga qaror qilgach, qasrni sotishga kelishib olgan. Manbalardan birining so‘ziga ko‘ra, Miraval allaqachon baholangan va istalgan vaqtda ko‘chmas mulk bozorida paydo bo‘lishi mumkin. 

Shu bilan birga, Miraval uzumzorlari mevasida olinadigan vinolar nomi ham o‘zgaradi. Hozirda, ularning belgisida Joli va Pitt nomlari qayd etilgan. Kelasi yildan ular nomsiz chiqariladi. 

Boshqa bir manbaning so‘zlariga ko‘ra, Joli va Pitt birgalikda xarid qilgan barcha mulklarini sotish niyatida. 

Avvalroq, OAV Joli va Pitt Fransiyadagi mashhur saroylarini sotmasligi xabar qilgan edi. 

Mavzuga oid
Top