00:22 / 23.10.2016
4865

"Bavariya" ketma-ket ikki durangdan keyin g‘alaba qozondi

Germaniya chempionatining 8-turiga kelib "Bavariya" jamoasi o‘z muxlislarini quvontirishga erishdi. Myunxenliklar uyda "Borussiya M"ni qabul qildi.

Bu o‘yinda Arturo Vidal va Duglas Kosta tomonidan kiritilgan ikkita gol "Bavariya"ga g‘alaba keltirdi. Shunday qilib, "Bavariya" avvalgi o‘yinlardagi ketma-ket ikki durangdan keyin g‘alaba qozonishning uddasidan chiqdi. 

Bavariya - Borussiya M - 2:0
Gollar
: 1:0 – 16 Vidal, 2:0 – 31 Duglas Kosta. 
Bavariya – Noyyer, Xummels, Alaba, Rafinya (Kimmix, 83), Martines, Alkantara, Xabi Alonso, Robben (Sanshesh, 80), Vidal, Duglas Kosta (Myuller, 73), Levandovski.
Borussiya M – Zommer, Vestergor, Elvedi, Vendt (Shults, 65), Korb, Kramer, Shtrobl, Xofmann (Yanchke, 46), Djonson, Xan (Xerrmann, 78), Shtindl.
Ogohlantirish: Kramer (71).

 

Manba: tribuna.uz

Top