Noma'lum kimsalar Torontoning sharqida parkovka qilib qo‘yilgan, ichida yo‘lovchilar bo‘lgan avtomobilni o‘qqa tutdi. Oqibatda bir kishi yaralandi. Bu haqda CVS telekanali xabar bermoqda.
Politsiyaning aytishicha, 3 kishi avtomobil yoniga kelgan, ulardan biri avtomobildagi yo‘lovchilarni o‘qqa tutgan. Oqibatda 25 yoshli yo‘lovchi yaralangan va shifoxonaga jo‘natilgan.
Avtomobilda necha kishi bo‘lgani ma'lum qilinmagan.
Ayni vaqtda huquq-tartibot muassasalari xodimlari jabrlanuvchilarni va jinoyat guvohlarini so‘roq qilishmoqda. Bosqinchilarning shaxsi va jinoyat sababini aniqlash maqsadida voqea tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.