21:17 / 23.10.2016
5482

Turkiya bosh vaziri mamlakatning yangi konstitutsiyasi ustida ish yakunlanganini ma'lum qildi

Foto: REUTERS

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Turkiyaning yangi konstitutsiyasi ustida ish yakunlanganini e'lon qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.  

"Biz yangi konstitutsiya va boshqaruvning prezidentlik shakli ustidagi ishni yakunladik", deb aytdi Yildirim.

Yildirimning aytishicha, yaqin orada qonunchilik tashabbusi parlamentga ko‘rib chiqish uchun topshiriladi.

Avvalroq Turkiyaning yangi konstitutsiyasi bo‘yicha referendum 2017 yil aprelida boshlanishi mumkinligi ma'lum qilingandi.

 

Top