09:34 / 23.10.2016
4253

O‘rta Yer dengizida 14 muhojir cho‘kib ketdi

Foto: REUTERS

Italiya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati va "Chegara bilmas shifokorlar" tashkiloti vakillari ikki kun ichida O‘rta Yer dengizida 2,4 ming muhojirning hayotini saqlab qolishdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Ta'kidlanishicha, qutqaruv operatsiyasi davomida dengizda 14 kishi jasadi topilgan. 

Avvalroq "Chegara bilmas shifokorlar" tashkiloti bu operatsiya davomida 12 kishi, jumladan 4 bola jasadi topilganini ma'lum qilgan. 

Muhojirlar ochiq dengizda havo bilan shishirilgan qayiqlarda bo‘lganlar.

 

Top