16:14 / 23.10.2016
7888

WikiLeaks direktori vafot etdi

WikiLeaks portali direktori Gevin Makfeyden 22 oktabr kuni kechqurun 76 yoshida vafot etdi. Bu haqda portalning tvitteri orqali ma'lum qilingan.

«Gevin Makfeyden, WikiLeaks ning sevimli direktori, hozir xudoning uyiga jo‘namoqda», — deyilgan WikiLeaks asoschisi Julian Assanjning tvitteri orqali.

Marhumning o‘limi sabablari keltirilmagan.

‏Gevin Makfeyden Assanjning yaqin do‘sti edi.

Top