09:37 / 24.10.2016
10557

24 oktabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

23 oktabr tuni va 24 oktabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Sirdaryo viloyatida 4ta tuman hokimi o‘zgardi


Foto: O‘zA

Sirdaryo viloyatining 4ta tumaniga va 2ta shahriga yangi hokimlar tayinlandi. 22 oktabr kuni Xalq deputatlari Guliston, Shirin shaharlari, Oqoltin, Sayxunobod, Sardoba, Sirdaryo tumanlari kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi sayti xabar bergan.

>>> Batafsil.

Omskda politsiyachilar mushtlashayotgan politsiyachilarni tinchitish uchun politsiyachilarni yordamga chaqirdi


Foto: © RIA Novosti

Rossiyaning Omsk viloyati, Kalachinsk shahridagi politsiya bo‘limi xodimlaridan birining tug‘ilgan kuni munosabati bilan tashkil etilgan ziyofat vaqtida ziddiyat yuzaga keldi. «Omsk-inform» ma'lumotiga ko‘ra, 15 oktabr kunida mushtlashuv ro‘y bergan, bu haqda endi ma'lumqilindi.

>>>  Batafsil.

Lyuis Xemilton "Formula-1"ning AQSh Gran-Prisi g‘olibi bo‘ldi


Foto: CNN.com

"Mersedes" jamoasining britaniyalik poygachisi Lyuis Xemilton "Formula-1" poygasining AQSh Gran-Prisida marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. Musobaqa Texas shtatining Ostin shahridagi avtodromda bo‘lib o‘tdi.

>>>  Batafsil.

Chingizxonning avlodlarga o‘gitlari ma'nosi aniqlandi


Foto: A.V.Anoxin nomidagi Oltoy Respublikasi milliy muzeyi

Olimlar Chingizxonga tegishli, Rossiyaning Oltoy Respublikasida saqlanuvchi qo‘lyozmalarni rasshifrovka qilishdi. Unda buyuk sarkardaning avlodlarga o‘gitlari bitilgan. Bu haqda OAV xabar bermoqda.

>>>  Batafsil.

Tramning "yalang‘och" haykali auksionda sotildi


Foto: REUTERS/ Brendan McDermid

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Trampni "yalang‘och" aks ettiruvchi haykal 22 oktabrda Los-Anjyelesdagi auksionda 22 ming dollarga sotildi. Bu haqda CBS Los Angeles telekanal xabar bermoqda.

>>>  Batafsil.

Qatarning sobiq amiri vafot etdi


Foto: EPA/ALI HAIDER

Qatarda sobiq amir Xalifa ibn Hamad Ol Soniy 85 yoshida vafot etdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.

>>>  Batafsil.

Turkiyada Gulenning qarindoshlari ushlandi


foto: ratel.kz

Turkiyada muxolif imom Fathulla Gulenning qarindoshlari – Husayn Gulen va Bushra Gulen "Fathullachilar terrorchilik tashkiloti" (FeTO) faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilinib Izmirda hibsga olindi.

>>>  Batafsil.

Kaliforniyada sayyohlar avtobusi YTHga uchrashi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi


Foto: The Desert Sun

23 oktabrda AQShning Kaliforniya shtatida sayyohlar avtobusi yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi.

>>>   Batafsil.

Germaniyada mamlakat armiyasining 15 ta yuk mashinasi yonib ketdi


Foto: DPA

Germaniyaning Bremen shahrida 23 oktabrda ertalab mamlakat armiyasiga tegishli 15 ta yuk mashinasi yonib ketdi, deb ma'lum qilindi mahalliy politsiyada.

>>>  Batafsil.

OAV: "Ash-Shabob" jangarilari Somali markazidagi yirik shaharni bosib oldilar

Foto: Getty Images

"Ash-Shabob" jangarilari Somalining marqaziy qismida joylashgan Xalgan shahrini bosib oldilar. Bu shahar chetida Afrika ittifoqining Somalidagi missiyasi (AMISOM) bazasi joylashgan.

>>>  Batafsil.

Amerikalik millionerlar AQShdagi saylov kampaniyasiga 88 mln dollar sarflashdi


Foto: © AP

20 dan ko‘proq amerikalik millioner AQSh prezidenti lavozimiga asosiy ikki nomzodni qo‘llab-quvvatlash uchun nomzodlar moliyaviy doiralar siyosatga ta'sir qilishini qoralashlariga qaramasdan, 88 mln dollar sarflashdi.

>>> Batafsil.

Smartfonlarning batareyalari nega portlaydi?


Foto: trendymen.ru

 

Yangi avlod smartfonlarning supersig‘imli batareyalari aksariyat ishlab chiqaruvchilarning faxrlanishiga sabab bo‘lib, marketingdagi muhim ustunlik hisoblanadi. Biroq aslida bunday akkumulyatorlarda yashirin tahdid mavjud - so‘nggi paytlarda telefon batareyalarining portlash holatlari ko‘payib bormoqda, bundan hech kim "sug‘urtalanmagan".

>>>   Batafsil.

Eng kichkina sensorli telefon ishlab chiqarildi 


Foto: Vphone

Xitoyning V-Phone kompaniyasi Vphone S8 miniatyur qurilmasini ishlab chiqarib, smartfonlar va taqiluvchi elektronika ishlab chiqaruvchilari orasida ajralib turishga qaror qildi.

>>>  Batafsil.

«Real» Madridda «Atletik»ni mag‘lubiyatga uchratdi va 1-o‘ringa qaytdi

Ispaniya chempionatining 9-turida "Real" jamoasi uyda "Atletik"ni qabul qildi. Uchrashuvning 7-daqiqasida Karim Benzema "Atletik" darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi, - 1:0.

>>>  Batafsil.

«Chelsi» «MYu»ni yirik hisobda yengdi


Angliya premer-ligasining 9-turi doirasida «Chelsi» «MYu»ni qabul qildi.

>>>  Batafsil.

Mavzuga oid
Top