07:49 / 24.10.2016
28472

Chingizxonning avlodlarga o‘gitlari ma'nosi aniqlandi

Foto: A.V.Anoxin nomidagi Oltoy Respublikasi milliy muzeyi

Olimlar Chingizxonga tegishli, Rossiyaning Oltoy Respublikasida saqlanuvchi qo‘lyozmalarni rasshifrovka qilishdi. Unda buyuk sarkardaning avlodlarga o‘gitlari bitilgan. Bu haqda OAV xabar bermoqda.

XIII-XIV asrlarga taalluqli bo‘lgan "Aql kaliti" deb nomlangan, qadimgi mo‘g‘ul tilida yozilgan qo‘lyozma Oltoy Respublikasidagi A.V.Anoxin nomidagi milliy muzeyda saqlanib keladi. Bu qo‘lyozma eng qadimiy mo‘g‘ul qo‘lyozmalaridan biri sanaladi.

Taxminlarcha, qo‘lyozma uch kishi tomonidan yozilgan. Olimlar u bambuk tayoqchalari va mo‘yqalam bilan mumtoz mo‘g‘ul yozuvida yuqoridan pastga qarab yozilgani, qatorlar chapdan o‘ngga qarab ketganini aytishdi.

Qo‘lyozmada Chingizxonning avlodlarga maslahatlari bayon qilingan.

Ularda "ishonch bildirilmagan odamga ko‘p narsa aytish kerakmasligi", "ayollar gapiga o‘ta jiddiy munosabatda bo‘lmaslik", "o‘z o‘g‘liga quli orqali buyruqlarni yetkazmaslik", "hasadgo‘y va hiylagar odam bilan maslahatlashmaslik", "ko‘pchilik tomondan ma'qullanganni buzmaslik" kabi o‘gitlar berilgan.

Taxminlarcha, Chingizxonning bu o‘gitlari uning shogirdlari tomonidan yozilgan.

Mavzuga oid
Top