20:57 / 24.10.2016
5351

Ilon Mask Falcon 9 raketalari cheksiz ishlatilishi mumkinligi haqida gapirib berdi

Foto: Getty Images

AQShning SpaceX kompaniyasi rahbari, tadbirkor Ilon Mask Reddit sayti foydalanuvchilari savollariga javob berdi. Mask jumladan Falcon 9 raketa-tashuvchilaridan takroran foydalanish istiqbollari haqida gapirib berdi. Bu haqda Space News nashri xabar bermoqda.

"Fikrimcha, Falcon 9’ning birinchi bosqichi texnik xizmat ko‘rsatish va sinchkov kuzatuv imkon berguncha cheksiz marta ishlatilishi mumkin", deb yozdi Mask. 

Mask kompaniya Falcon 9’ning ko‘p marotabalik foydalanish uchun optimallashtirilgan beshinchi va oxirgi modifikatsiyasini ishlab chiqqanini ma'lum qildi. Bunday tashuvchilarning ishlab chiqarilishi yaqin uch oyda kutilmoqda.   

SpaceX kompaniyasi o‘rta sinfdagi Falcon 9 raketalari va Dragon kosmik yuk kemalarini ishlab chiqaradi. Maskning rejalariga odamzotni Marsga yuborish uchun sayyoralararo transport tizimi ITS’ni yaratish ham kiradi.

 

Mavzuga oid
Top