08:23 / 24.10.2016
5101

Kuril orollari yaqinida zilzila yuz berdi

Foto: Getty Images

Rossiyaning Saxalin viloyati Kuril orollari yaqinida ikkita yer silkinishi qayd etilgan, deya xabar qilmoqda «Interfaks» «Yujno-Saxalinsk» seysmostansiyasiga asoslangan holda.

Ta'kidlanishicha, birinchi zilzila mahalliy vaqt bilan ertalab 7:25da sodir bo‘lgan. Uning kuchi Rixter shkalasi bo‘yicha 5,7 ballni tashkil etgan. Zilzila markazi Oxoto dengizidagi Iturup orolidan 118 km janubda, 6 km chuqurlikda bo‘lgani aytilmoqda. 

Ikkinchi yer silkinishining kuchi 5 balldan iborat bo‘lgan. U Tinch okeani havzasida Iturup orolidan 226 km sharqda, 70 km chuqurlikda yuz bergan. 

«Qurbonlar va vayronagarchiliklar yo‘q», — degan stansiya vakili. 

Orollardagi kishilar uni deyarli sezmagani, sunami xavfi e'lon qilinmagani xabar qilinayapti. 

 

Top