09:23 / 24.10.2016
7180

Shtaynmayyer Suriya tufayli sanksiyalar kiritishga qarshi chiqdi

Foto: RIA

Germaniya tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayyer Suriyaning Halab shahridagi vaziyat tufayli Rossiyaga nisbatan sanksiya qo‘llash g‘oyasiga qarshi chiqdi. Chunki, bu mintaqadagi gumanitar fojiaga barham berish masalasini murakkablashtiradi. 

"Suriyadagi gumanitar fojiani sanksiyalar bilan hal etib bo‘lmaydi. Chunki, sanksiyalarning ta'siri birdaniga sezlmaydi, shunga ko‘ra u gumanitar yo‘lakni barpo etishga yordam bermaydi. Aksincha, biz uchun zarur bo‘lgan muzokaralar eshigini yopishi mumkin", — deb bayonot bergan Shtaynmayyer ARD telekanaliga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriyada, ayniqsa Halabda tinch aholi vakillari uchun nima qilinishi mumkinligiga e'tibor qaratilishi lozim. Xususan, diplomat gumanitar yo‘laklarni barpo etish va uzoq muddatga o‘t ochishni to‘xtatish zarurligini bir necha marta ta'kidlagan. 

 

Top