22:22 / 24.10.2016
7582

Tarmoqda «Taxtlar o‘yini» seriali yettinchi faslining ssenariysi paydo bo‘ldi

Foto: Globallookpress.com

Heat Street nashrining xabariga ko‘ra, «Taxtlar o‘yini» fentezi-serialining ssenariysi tarmoqda paydo bo‘ldi. Nashr barcha epizodlarning yehtimoliy qismlari hikoya qilingan maqolani chop etdi

Ma'lumot Reddit  ijtimoiy xabarlar saytida Free Folk akkauntida e'lon qilindi. Keyinchalik esa, akkaunt o‘chirib yuborildi.

Bu ma'lumot rasmiy serial ssenariysiga aloqasi borligi yoki kimningdir o‘yini ekanligi haqida hech qanday ma'lumot mavjud emas. Avvalroq esa, Free Folk oltinchi faslning aniq spoylerlarini e'lon qilgan edi. 

Serialda Deyneris Targariyenning yordamchisi rolini ijro etuvchi Britaniyalik aktrisa Natali Emmanuel,  tarmoqga yangi epizodlarning spoylerlarini tarqatuvchilarni aybladi. 

«Yettinchi faslni buzuvchilar borligi achinarli xol», — deb yozib qoldirdi aktrisa o‘z Twitter sahifasida.
 

Mavzuga oid
Top