11:35 / 25.10.2016
5772

Anki kompaniyasidan quvnoq robot - Cozmo

Yaxshi va iltifotli robot bilan har doim ham o‘ynash qiziq bo‘larmikin? Agarda u kayfiyatni ko‘taruvchi, hissiyotli «o‘yinchoq» bo‘lsa, albatta boshqa gap.

Radioboshqaruv o‘yinchoqlari ishlab chiqaruvchi Anki kompaniyasining tadqiqotchilari miniatyur Cozmo robotini takomillashtirishdi. Avvalgidek, xaridor robotni dasturlab ko‘yishi mumkin, lekin endi bolakay ajoyib ovoz va ko‘zlarning monitordagi animatsiyasi orqali o‘z harakatlarini xursandchilik, hayron qolish yoki jahl chiqishi orqali ifoda eta oladi. Bu esa uni quvnoq va hissiyotga ega o‘yinchoqga aylantiradi. 

Cozmo’ni istalgan xaridor 180 dollarga sotib olishi mumkin.

Top