16:30 / 25.10.2016
6456

Huquq himoyachilari Disney va Google kabi kompaniyalarni tekshirishni so‘rashmoqda

Foto: ibtimes

Huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar AQSh Federal savdo komissiyasidan Disney va Google kabi korporatsiyalarni tekshirishni so‘rashdi. Ular yashirin reklamaning bolalarga ta'siridan xavfsirashmoqda. Bu haqida Slashgear nashri xabar berdi. 

Bunday mazmundagi ariza Campaign for a Commercial-Free Childhood (Reklamasiz bolalik kampaniyasi), Center for Digital Democracy (Raqamli demokratiya markazi) hamda Public Citizen (Davlat fuqarosi) kabi tashkilotlardan kelib tushgan. Ular AwesomenessTV, Wild Brain kabi ko‘ngilochar videokontentlar, Google internet korporatsiyasi va Disney’ning Maker Studios bo‘limida tekshiruv o‘tkazishni so‘rashgan. 

“Ta'sir marketingi” (influencer marketing) — bu tovar va xizmatlar bilan fikrlar yetakchilari —bloggerlar, pop-yulduzlar va boshqalarni jalb qilgan holda tanishtirish. Huquq muhofazachilarining fikricha, ijtimoiy tarmoqlarda aynan qaysi post “ta'sir marketingi” formatida ekanligini anglash qiyin. Bu odamlar, ko‘pincha bolalarning u yoki bu mahsulot haqida obektiv ma'lumot berilayotganiga ishonishiga va tijorat e'loni ta'siriga tushib qolishini anglab yetmasligiga olib keladi. 

Huquq himoyachilarining so‘zlariga ko‘ra, bu vaziyatda Google o‘zining YouTube videoxostingida “ta'sir marketingi” bo‘lgan videoroliklarni joylashtirishdan bevosita foyda oladi. Qolgan kompaniyalar esa oddiy videokontentdek ko‘rinuvchi, aslida esa bolalarga mo‘ljallangan reklamalar tayyorlab, joylashtirishadi. 

Bunday kontentni ko‘ruvchi bolalar ko‘pincha ota-onasidan u yoki bu mahsulotni sotib olib berishni so‘rashadi. 

Top