17:22 / 25.10.2016
7467

Vulqonda non pishiruvchi islandiyalik haqida qisqametrajli film ishlandi

Rejissyor Elison Grasso Islandiyada yashovchi, xamirni maxsus idishga solib, so‘ngra uni vulqon manbasiga ko‘mib, undan non tayyorlaydigan Viktor Sveynsson haqida qisqametrajli film suratga oldi. Bu haqda Eater xabar bermoqda.

Mazkur manbada havo harorati Tselsiy bo‘yicha 100 darajani tashkil etadi. Albatta, bu harorat odatiy pechdan farq qiladi, ammo non pishirish uchun yetarli hisoblanadi. 

Xamir arpa va bo‘g‘doy uni, shakar, sut, xamirturush va tuzdan tayyorlanadi. Shundan so‘ng u harakatda bo‘lgan vulqondan uncha uzoq bo‘lmagan yerda idishga solib ko‘miladi.

Oradan roppa-rosa bir kun vaqt o‘tib, tayyor nonni yerdan kavlab olish mumkin bo‘ladi. Grassoning aytishicha, “ajoyib ta'mga ega, mazali mahsulot hosil bo‘ladi”.

Mavzuga oid
Top