09:32 / 26.10.2016
12631

26 oktabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

25 oktabr tuni va 26 oktabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
 

O‘zbekiston va Tojikiston viza masalasini muhokama qiladi


© Sputnik

 

O‘zbekiston va Tojikiston ikki davlat o‘rtasidagi viza tartibini yumshatish masalalarini muhokama qiladi.

>>>  Batafsil.

AQShning Moskvadagi elchisi qarorgohiga fayyerlar uloqtirildi


Foto: /TASS

Moskvada noma'lumlar tomonidan AQSh elchisi qarorgohiga fayyerlar va norozilik bildirilgan varaqalar uloqtirildi.

>>>  Batafsil.

AQShda o‘quvchilar maktabda otishma sodir etdi


Foto: Scott Halleran/Getty Images

AQShning Yuta shtatidagi Sendi shahrida o‘quvchilar maktabda otishma sodir etdi. Buning oqibatida 16 yoshli o‘smir jiddiy yaralangan, u og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan.

>>>  Batafsil.

Tinch okeanida yo‘lovchi trauleri yonmoqda


Foto: © EPA/ARNE SCHWENK, arxiv


Tayvan bayrog‘i ostida suzuvchi va bortida 52 yo‘lovchi bo‘lgan trauler Tinch okeanida yonmoqda.

>>>   Batafsil.

Afrikaning yana bir davlati Xalqaro jinoyat sudini tark etadi


Foto: gambiaflag.facts.co

Afrikaning yana bir mamlakati Gambiya axborot vaziri Sharif Bodjang, uning hukumati Xalqaro jinoyat sudi bilan hamkorlikni to‘xtatishi haqida bayonot berdi.

>>>  Batafsil.

Britaniyalik o‘zining bolalikdagi aqchadonida 300 ming dollarlik tanga topib oldi


Foto: © Boningtons/BNPS

Britaniyalik o‘zining bolalikdagi tangalar kolleksiyasida Queen Anne Vigo deb nomlangan 300 ming dollarlik tanga topib oldi.

>>>  Batafsil.

4 rafiqasi va 23 farzandi bo‘lgan suriyalik qochqin 360 ming yevrolik nafaqa oldi


Foto: GETTY IMAGES

Germaniyada Yevropa Ittifoqiga 4 rafiqasi va 23 farzandi bilan kelgan suriyalik qochqin bir yil ichida umumiy miqdori 360 ming yevrodan ko‘proqni tashkil qiladigan turli nafaqalar olgan.  

>>>  Batafsil.

Qo‘shiqchi Jastin Timberleyk bir oyga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin


edition.cnn.com

AQShlik qo‘shiqchi Jastin Timberleyk AQSh prezidenti lavozimiga muddatdan avvalgi saylov vaqtida saylov uchastkasida olgan surati uchun javobgarlikka tortilishi mumkin.

>>>  Batafsil.

Apple savdolari 15 yilda ilk marta tushib ketdi


Foto: REUTERS

2016 moliya yili IV choragi natijalariga ko‘ra, Apple korporatsiyasining pul tushumi yillik hisobda 9 foizga tushib, 46,9 mlrd dollarni tashkil etgan. Kompaniyaning hisobotida shu haqda ma'lum qilingan.

>>>  Batafsil.

Dunyoda birinchi chipga o‘rnatilgan yurak paydo bo‘ldi


Foto: ndtv.com

Garvard universiteti tadqiqotchilari 3D-printer yordamida birinchi chipga o‘rnatilgan yurak yaratishdi.

>>>  Batafsil.

Xavi Joze Mourino va Xosep Gvardiola qarama-qarshiligi haqida gapirdi.


Foto: BBC Sports

«Barselona» jamoasining sobiq yarim himoyachisi Xavi Ernandes «Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» jamoalari o‘rtasida 26 oktabr kuni Angliya ligasi kubogi doirasida kechadigan uchrashuv arafasida bu ikki jamoa murabbiylari Joze Mourino hamda Xosep Gvardiola qarama-qarshiligi haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

>>>  Batafsil.

Top