17:48 / 26.10.2016
9770

APLning eng tezkor futbolchisi aniqlandi

Foto: eurosport.com

Britaniyaning The Telegraph nashri joriy mavsumda APLning eng tezkor futbolchisini aniqlashdi.

Natijada, APLning ayni paytdagi eng tezkor futbolchisi "Sauthempton" hujumchisi Sheyn Long deb topildi. U uchrashuvlardan birida 35,31 km/s tezlik olgan. Undan keyingi o‘rinni Linden Guch ("Sanderlend") joy oldi. Kuchli uchlikni esa "Tottenhem"dan Kayl Uolker egalladi. 

APLning eng yaxshi o‘yinchilarining birinchi o‘ntaligi bilan tashining:

1. Sheyn Long (“Sauthempton”) — 35,31 km/s

2. Linden Guch (“Sanderlend”) — 35,19

3. Kayl Uolker (“Tottenhem”) — 35,18

4. Jyeymi Vardi (“Lester Siti”) — 35,1

5. Jyeyms MakKlin (“Vest Bromvich”) — 35,04

6. Andre Grey (“Byornli”) — 34,87

7. Adama Traore (“Midlsbro”) — 34,84

8. Erik Bayi (“Manchester Yunayted”) — 34,84

9. Eten Kapu (“Uotford”) — 34,83

10. Vilfrid Zaxa (“Kristal Pelas”) — 34,79

Manba: Tribuna.uz

Top