12:18 / 26.10.2016
12499

KXDR: AQSh – "banditlarning noqonuniy guruhidir"

Foto: © AP

Shimoliy Koreya TIV prezident Barak Obama rahbarligidagi Amerika ma'muriyatini "banditlarning noqonuniy guruhi" deb atadi. Rasmiy Pxenyan AQSh davlat kotibi Jon Kerrining KXDRni "noqonuniy tuzum" deganiga shunday javob bergan. 

"Kerri ham kiruvchi Obama to‘dasi — bu banditlarning noqonuniy to‘dasidir, chunki ular o‘zlari norozi bo‘lgan suveren mamlakatlardagi qonuniy hukumatlarni kuch bilan ag‘daradi. Ular, allaqachon, dunyoning turli mintaqalarida o‘n minglab begunoh insonlarni yo‘q qildi", — deyiladi KXDR TIV rasmiy vakili bayonotida. 

Diplomatlarning qayd etishicha, AQSh Shimoliy Koreyaga "noqonuniy tuzum" yorlig‘ini yopishtirishga naqadar urinmasin, bu "KXDR davlatining birligi, jipsligi va tengsiz ulkan qudratini namoyish etuvchi strategik qarashini barbod qila olmaydi".
 

Top